Vatan oldida va’da

Date:

Surxondaryoda yoshlar uchun yangi bosqich boshlandi. Prezidentimizning 2024-yil 15-noyabrdagi qaroriga muvofiq, viloyatning barcha shahar va tumanlarida tashkil etilgan 15 ta “Jasorat maktablari” ilk o‘quvchilarini qabul qildi. Shu munosabat bilan o‘quvchilar tantanali ravishda “Va’da berish” marosimida qatnashdilar.

Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Qiziriq va Termiz tumanlari, shuningdek, shahar “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilar saf tortib, ona Vatan oldida sadoqat bilan va’da berdilar. Marosimda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev yoshlarni samimiy tabrikladi. U o‘z so‘zida bu tashabbusning nafaqat ta’lim jarayonini, balki yoshlarning dunyoqarashini ham tubdan o‘zgartirishini ta’kidladi.

Joriy yil iyul oyida o‘tkazilgan ikki bosqichli – test va jismoniy tayyorgarlik sinovlari asosida “Jasorat sinflari”ga jami 390 nafar 5-sinf o‘quvchilari qabul qilindi. Tadbir davomida yoshlarning ko‘zidagi quvonch, qalbidagi faxr alohida sezilib turdi. “Biz endi faqat o‘quvchi emas, balki Vatan fidoyilari bo‘lishga bel bog‘ladik”, deya ta’kidladi marosim ishtirokchilaridan biri.

Bu tashabbus — yoshlarning qalbida vatanparvarlik, mardlik va fidoyilik tuyg‘ularini kuchaytiruvchi maktab. Ular kelajakda el-yurt himoyachilari safida munosib xizmat qilishga hozirdanoq tayyorlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun