20 ayolning ish quroli bor endi

Date:

Ayolning ona, suyukli yor va mehribon uy bekasi bo‘libgina yashashi bugungi kun talabiga mos kelmasligini, ham ishlab, ham oilasini gullatayotgan, mehnatda chiniqib, yuqori marralarni zabt etayotgan ayollar isbotlab turibdi.

To‘g‘ri, hamma xotin-qizlar ham birdaniga ish boshlab, faoliyatini yo‘lga qo‘yib keta olmaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, sharoiti og‘ir xotin-qizlar ham borki, ularga mutasaddilarning ko‘magi kerak bo‘ladi. G‘ayrati toshib, qo‘lidan ming hunar kelsin hamki, ish quroli bo‘lmasa, bari befoyda, nazarimda.

O‘z ishi, mehnati ortidan rizq teradigan ayollarning oilasida ham tinchlik, to‘kinlik bo‘ladi, albatta. Ish bilan band bo‘lgach, maishiy muammolar ham o‘z-o‘zidan ortga chekinadi.

Yurtboshimizning “Yurtimizda “Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi”, degan ezgu qarash hayotimiz qoidasiga aylanishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak” degan pur maʼnoli gaplaridan kelib chiqqan holda Muzrabot tumani hokimi  Erkin Alimov tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Sayyora Berdiyevalar bilan birgalikda hududdagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarga munosib shart-sharoit yaratish, ularni ham jamiyatning faol qatlamiga aylantirish harakatida tinim bilmaydi.

Kuni kecha “Ayollar daftari”da turgan 20 nafar xotin-qizga oʻz-oʻzini band qilib, ijtimoiy ahvolini yaxshilash, oilaviy daromadlarini oshirishlari uchun ehtiyojiga qarab 10 nafariga tikuv mashinalari va 10 nafariga duxovkalar (oshxona elektr pechkasi) tarqatishdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ayni damda tumandagi 2 130 nafar ayol “Ayollar daftari” turibdi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sohaga ajratilgan mablag‘ manzilli sarflangan… mi?

Surxondaryo viloyatida 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2023-yilda...

Viloyat hokimining tashrifidan so‘ng…

Surxondaryo viloyat hokimining hududlarda bo‘lganini turli sohalarga, ulardagi muammolarga...

Natsumi Shida: “Boysunlik ayollar mehnatda, sabr-matonatda tengi yo‘q”

Ayol — u shunday xilqatki, jasorati, matonatiga tan beramiz....

Sevimli shoir dastxat ulashdi

Usmon Azim bilan bo‘ladigan davralar qiziydi, she’riyatga keng o‘rin...
KunTun
KunTun