O‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari vohada ommaviy qabul o‘tkazmoqda

Date:

Ko‘pchilikning xabari bo‘lsa kerak, vohamizning turli hududlarida joriy yilning 11-16-iyun kunlari o‘ttizga yaqin vazirlik va idora rahbarlari ommaviy qabul o‘tkazishi belgilangan edi.
Viloyatimiz bo‘ylab boshlangan dastlabki ommaviy qabul Qumqo‘rg‘on tumanidan boshlangan bo‘lsa, ikkinchi kuni Denov tumanida davom etdi. Navbatdagi ommaviy qabul Sariosiyo tumani “Shohjahon” mahallasidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi binosida bo‘lib o‘tdi.

Olti kun davom etadigan ommaviy sayyor qabullarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxan Xudaybergenov rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” oʻrgangan holda joyida va tezkorlik bilan hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu ommaviy sayyor qabullarda ko‘plab fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiynab kelayotan muammo va masalalarga yechim topishmoqda.

Ahamiyatlisi shundaki, aholi murojaatlari bilan ishlash, odamlarning muammo va takliflari asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu ommaviy qabullarda Sariosiyo va Uzun tumani fuqarolari o‘zlarining mammolari yuzasidan Prezident Administrasiyasi vakillari, o‘ttizga yaqin vazirlik va idoralar, shuningdek, hududiy sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga murojaat qilishmoqda.
Bu kabi ommaviy qabullar aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, murojaatlariga yechim izlash barobarida, fuqarolarning taklif va tavsiyalariga quloq tutishda ham qo‘l kelayotir.

Fuqarolar sayyor qabuldan mamnun holda chiqishmoqda. Bu kabi amaliy tashabbuslar odamlarning turmushi obod, hayoti farovon bo‘lishi va muammolardan holi yashashi maqsadida qilinayotganini qabulda ishtirok etayotgan yoshu qari dildan his qilib turganiga shubha yo‘qki, fuqarolar dilida quvonch, ko‘zlarida ishonch ustuvor.

Sariosiyo tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan bo‘lib o‘tayotgan sayyor qabul nafaqat tibbiyot texnikumida qolaversa uyma-uy yurib aholi muammolarini joyiga chiqqan holda ham o‘rganmoqda.

Jumladan, ishchi guruh a‘zolari tumandagi Alisher Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan O‘lmasbek Sainov holidan xabar olib muammolari tinglandi.

Shuningdek, “Lutfkor” mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Xasan Bobomurodov holidan ham xabar olinib, shu yerning o‘zida nafaqa tayinlanib pensiya guvohnomasi topshirildi.


A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik,...

Faqat Ko‘hitangda bor…

Ko‘hitang tog‘ tizmasi hududi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasining...

Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz...

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng...
KunTun
KunTun