27 foizdan 77 foizga

Date:

Prezidentimiz tomonidan ta’lim, xususan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar natijasida so‘nggi sakkiz yilda bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrovi 27 foizdan 77 foizga yetkazildi. Bu esa sohada erishilayotgan yutuqlarning amaliy ifodasidir.

Shu jarayonning mantiqiy davomi sifatida Termiz shahridagi 16-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘liq kapital ta’mirlanib, 3,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy ta’lim talablariga mos holda jihozlanib, foydalanishga topshirilganini aytishimiz mumkin.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Tadbir doirasida bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi, hamda yangi ta’lim maskani faoliyatiga rasmiy start berildi. Yaratilgan sharoitlar farzandlarimizning sog‘lom, baxtli va bilimli bo‘lib voyaga yetishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun