Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga oling, mukofoti bor

Date:

Yurtimizda suvdan foydalanish qoidalarining buzilishi holatlarini foto yoki video ko‘rinishida qayd etib, maxsus veb-saytga yuborgan fuqarolarga pul mukofoti beriladi. Bu chora hukumatning suv resurslari ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan qarori asosida joriy qilindi.

Rasmiylarga ko‘ra, fuqarolar suvdan noto‘g‘ri foydalanish holatini tasvirga olib, 48 soat ichida v-nadzor.gov.uz platformasiga yuborishlari mumkin. Materiallarda qoidabuzarlik sodir bo‘lgan joy, sana, vaqt hamda iloji bo‘lsa, shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.

Videotasvirning davomiyligi 120 soniyadan oshmasligi lozim.
Tegishli idoralar yuborilgan ma’lumotlarni 10 kun ichida ko‘rib chiqadi. Qoidabuzarlik birinchi marta sodir etilgan bo‘lsa — ogohlantirish bilan cheklaniladi. Takroriy holat aniqlansa, jarima qo‘llaniladi.

Rasmiy qarorga binoan, jarimadan tushgan mablag‘ning 25 foizi holatni hujjatlashtirib yuborgan shaxsga 15 kun ichida pul mukofoti sifatida to‘lab beriladi. Hukumat vakillarining aytishicha, ushbu tizim suv resurslarini muhofaza qilishga va jamoatchilikni ekologik nazorat jarayoniga faol jalb etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun