Rus tili imtihoni majburiy bo‘ladi

Date:

Rossiya Federatsiyasida migrant bolalarining ta’lim muassasalariga qabul qilinishi bo‘yicha nazorat choralari kuchaytirilmoqda. Avvalroq, Rossiyada migrant bolalarini rus tili imtihonidan o‘ta olmasa, maktabga qabul qilinmasligi haqida qaror qabul qilingan bo’lsa, yangi qoidalar kuchga kirganidan ikki oy o‘tib, faqat 4 foiz migrant bola maktablarga qabul qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 22-may holatiga ko‘ra, faqat 498 nafar migrant bola rus tili testiga kirish ruxsatini olgan, bu esa jami arizachilarning 17 foizini tashkil qiladi (2868 ariza berilgan). May oyida rus tili bo‘yicha test topshirish uchun 1,7 mingta ariza topshirilgan, ammo 81 foiz nomzodlarga hujjatlar to‘g‘ri tayyorlanmaganligi sababli rad etilgan.

Ichki ishlar vazirligi o‘z navbatida ta’lim boshqaruvi bo‘limlariga migrant bolalarining ro‘yxatga olinganligi yoki migratsion hisobga qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarni uzatadi. Volodin bu jarayonlarning barchasi bolaning va uning ota-onasining Rossiyada qonuniy yashash holati haqida tezkor ma’lumot almashishga imkon berishini va bu keyingi qarorlar qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlagan.

Migrant bolalarini maktablarga qabul qilishda rus tilini bilishini testdan o‘tkazish majburiy bo‘lgan qonun 1-apreldan kuchga kirdi. Ariza tasdiqlanishi uchun bola test savollarining 90 foiz to‘g‘ri javob berishi kerak.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun