“Munisa G‘anijonovaning bilimlari ustun kelib…”

Date:

Mantiqan fikrlash bilimlarimizni oshiradi. Atrofga, jamiyatga sinchkov bo‘lishga o‘rgatadi. Qumqo‘rg‘on tumani Xurriyat mahallasida tuman prokurori tashabbusi bilan “Mantiqiy fikrlash” tanlovi tashkil etildi. Tanlovda ishtirokchilarning fikrlash doirasi sinovdan o‘tkazildi. Ular turli savollarga, boshqotirmalarga javob berib, o‘z mahorat va bilimlarini ishga soldilar.

Yakunda Munisa G‘anijonovaning bilimlari ustun kelib, 1-o‘ringa loyiq topildi va 2 million so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritdi. 2-, 3- o‘rinlar va faol ishtirok etganlar ham munosib rag‘bat topib, g‘oliblar safida bo‘ldilar.
Bu kabi tanlov va tadbirlar yoshlarning o‘ziga nisbatan ishonchini oshirish bilan birga faollikka chorlaydi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun