Rustam Turdiyev bobodehqonlar ishini yengillatishni o‘yladi

Date:

Dasturxonimizni bezaydigan sarxil mevalar-u vitaminlarga boy mahsulotlar o‘z-o‘zidan pishib yetilmasligini yaxshi bilamiz. Bobodehqonlarning yerga mehr berib qilgan mashaqqatli mehnatlari va qarovlarining shirin mevasidir ular. Tadbirkor Rustam Turdiyev bu borada bobodehqonlar ishini yengillatishni o‘ylab savobli ishga qo‘l urdi.

Qiziriq tumanining “Oqjar” mahallasi hududida Agromarkaz tashkil etib, 2,5 milliard so‘m mablag‘ sarf etdi. Markazda qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, o‘simliklar klinikasi, zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘limlari faoliyat yuritadi.

Agromarkazning ochilish marosimi esa yer bilan tillashadigan kishi borki, barchani bir yerda jam qildi.
Aytish kerakki, bu mo‘jazgina markazda chet eldan keltirilgan urug‘ turlari, dorilar, qishloq xo‘jaligida va tomorqalarda ishlatiladigan kultivatorlar, dori sepish apparatlari deysizmi, bari muhayyo hamda talab va ehtiyojga qarab yetkazib beriladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun