Boshqaruv xalqaro bo‘ladi

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilish va uni zamonaviy talablarga moslashtirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratish, tizimning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar
muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi soha vakillarini to‘lqinlantirib yubordi. Ushbu yig‘ilishning ahamiyati haqida to‘xtalar ekanmiz, unda sohani rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan muhim vazifalar ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning nufuzini yuksaltirish, yosh avlodning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashiga xizmat qilishi alohida e’tiborga molikligini qayd etish zarur.
Biz uchun faxr va mas’uliyat shu bo‘ldiki, Prezidentimiz pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishini Termiz davlat pedagogika instituti misolida tushuntirib berdilar. Endi institutimizda Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etilib, “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi hamda aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etilsa, qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari
31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.
Institutimiz uchun Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab amaliyot bazasiga aylantirilishi bo‘lg‘usi pedagoglarni sifatli tayyorlashga xizmat qilsa, 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab metodik baza sifatida institut tomonidan zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlanishi maktab bilan institutni ham ilmiy, ham uslubiy jihatdan hamkorligini ta’minlaydi, bu esa yangi tadqiqotlar uchun ilmiy maydon vazifasini o‘taydi.
Quvonarlisi shuki, institutimizning 20 nafar o‘qituvchisi shu yilda Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuborilishi hamda keyingi uch yilda barcha professor-o‘qituvchilarimiz xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib kelib, ta’lim sifatini oshirishga samarali hissa qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi.

                                                                                Mexri Narbasheva,

                                                             Termiz davlat pedagogika instituti dotsenti,

                                                             Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlikni ta’minlash muhim qadam

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, turli favqulodda vaziyatlarning...

RUXSATNOMA OLMAY  FOYDALANMANG!

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi viloyat hududiy sho‘basi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati...

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...
KunTun
KunTun