Xalqaro talablarga mos emas

Date:

Bugungi tahlikali va noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘p ish o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rishi lozim. Shu munosabat bilan, tashqi bozordagi tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari, mebelsozlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir “drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga yangi sur’at bag‘ishlash muhimdir. O‘tgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga o‘sib, 290 trillion so‘mga yetdi. “Bu – hozirgi murakkab sharoitda o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasi. Lekin 29 ta tumanda ishlab chiqarish 4,5 trillion so‘ mga kamaygan. Bu kichkina raqamlar emas”, deya ta’kidladi Prezidentimiz mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilan videoselektor yig‘ilishida.
Ta’kidlanganidek, sanoat, eksport va tushum bo‘yicha “respublika – tarmoq – viloyat – tuman” vertikal tizimidagi masalalar o‘z vaqtida va to‘liq hal qilinganida sanoatda yana 2 foizlik o‘sishga erishish mumkin edi. Shu munosabat bilan uch kun muddatda “respublika – tarmoq – viloyat – tuman” vertikali bo‘yicha har bir masalani tezkor hal qilish uchun respublikadan aniq mas’ullarni belgilash va joylarga yuborish topshirildi. Vertikal bo‘yicha qaysi bo‘g‘inda muammo yechilmasa, o‘sha tizim mas’ullaridan so‘rov qattiq bo‘ladigan bo‘ldi.
Eksport 20 foizga oshgan bo‘lsa-da, to‘qimachilik eksporti 825 million AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yildan 175 million AQSH dollariga kamaygan. Prezident buning sababini mahsulot sifatining “ko‘zga ko‘rinmasligi”da, xalqaro sertifikatlarning yetish-masligida deb baholadi. Hozirda 1,5 mingdan ziyod to‘qimachilik qobili-yatidan faqat 244 tasida xalqaro sertifikat bor. Shu muno-sabat bilan har bir hududda kamida 10–20 ta tashkilotga xalqaro sertifikat olishda yordam berish, milliy brendlarni xalqaro kompaniya bozorga olib chiqish maxsus tashkil etilishi belgilandi.
Milliy brendlarni ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Hududlarda aholiga tanitib, keng tanlov imkonini beradigan, milliy mahsulotlar bir joyda sotiladigan savdo markazlari yo‘q. Shu bois, faqat milliy mahsulotlar sotiladigan “Mall of Uzbekistan” yirik savdo markazlari ishga tushiriladi. Bu yerdagi savdo do‘konlari tadbirkorlarga minimal narxda ijaraga beriladi. Ishchilarining 15 foizi ehtiyojmand oiladan bo‘lgan to‘qimachilik va charm-poyabzal korxonalariga foyda solig‘i 2 foiz, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilangan.
Mebelsozlik yo‘nalishida 6 trillion 700 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Buni karrasiga oshirish uchun qator masalalarni hal qilish zarur. Masalan, mebel mahsulotlarining
25-30 foizi xonadonlarda tayyor-lanyapti. Uydagi ishlab chiqarishdan sanoat bosqichiga o‘tishga intilayotgan mebel-sozlar ko‘p. Shu bois, yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi olib, mebel ishlab chiqarishga ruxsat beriladi. Ushbu faoliyatni boshlash, kengayish istagida yurgan yosh tadbirkorlarga 7 yilga
5 milliard so‘mgacha 18 foizli kredit ajratiladi.
Yig‘ilishda zargarlik borasida 600 million AQSH dollarilik norasmiy bozor aylanmasi va ishlab chiqarish hajmining faqat 10 foizi ishga solinayotgani tanqid ostiga olindi. Yig‘ilishda sohani “soya”dan chiqarish uchun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat berish, zargarlikda milliy brend yaratish uchun xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toshlar bilan ishlaydigan gemmologlarni olib kelish xarajatining bir qis-mini qop-lash bo‘yicha takliflar bildirildi.
Aholi soni o‘sishi, urbani-zat-siya jara-yoni quri-lish materiallariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Yil boshidan pudrat ishlari 10,3 foizga o‘sdi. Lekin, omborlarda katta hajmda keramik plita, gipsokarton, oyna, bazalt momig‘i yig‘ilib qolgan. Vaholanki, yiliga 225 million AQSH dollarilik xuddi shunday tovarlar import bo‘lmoqda. Endilikda, developerlarga aylanma mablag‘ uchun kredit ajratishda mahalliy qurilish materialiga ustuvorlik beradigan tizim joriy qilinadi.
O‘tgan yili Qurilish inspeksiyasi o‘tkazgan o‘rganishlarda 1 600 ta holatda sifatsiz qurilish materiallari ishlatilgani aniqlangan. Shu munosabat bilan “Shaffof qurilish” platformasida qurilish materiallari korxonalari va ularning mahsulotlari reyestri shakllantiriladi. Mahsulotlar sifati reytingi yuritiladi va har chorakda yangilab boriladi.
Qurilishda yangi turdagi, energiya tejamkor materiallar paydo bo‘lmoqda. Lekin ko‘plab mahsulotlarning standarti yo‘qligi, borlari ham xalqaro talablarga mos emas. Mutasaddilarga yil yakunigacha 68 ta xalqaro standartni qabul qilish vazifasi topshirildi.

Jamshid Raximqulov,
Xalq deputatlari Angor tumani kengashi kotibiyat mudiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayr bog‘cha – salom maktab”

Viloyatimizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Xayr bog‘cha – salom...

Yong‘in 14 soatda o‘chirildi

Boysun tumanidagi “Kengdala” o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash...

TerDU: targ‘ibot tadbirlari Boysunda

Yurtimizda oliy ta’lim dargohlari soni yil sayin oshib bormoqda....

“Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim davr”

Uzun tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish...
KunTun
KunTun