G‘oyaviy niqob ostida

Date:

Ommaviy madaniyat – madaniyatning murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan o‘ziga xos shaklidir. Ommaviy madaniyatni G‘arb madaniyati bilan bog‘liq hodisa deb tushunish, shuningdek, uni g‘oyasizlik, sifatsizlik va didsizlik namunasi sifatida baholash keng tarqalgan. Bunga ommaviy madaniyat shakllanishining muhim ko‘rinishi sifatida qarash lozim.
Bugungi murakkab globallashuv davrida har bir shaxs axborot ta’siriga uchraydi. Bu axborot oqimlarining ma’lum qismi noqonuniy va ijtimoiy jihatdan salbiy mazmunga egadir. Butunjahon internet axborot tarmog‘i, mobil aloqa tizimi, kompyuter o‘yinlari, video va kino mahsulotlari orqali “ommaviy madaniyat” niqobi ostida milliy manfaatlarimiz, mafkuramiz, ma’naviy-axloqiy qarashlarimizga yot zararli g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirishga urinishlar kuzatilmoqda. “Ommaviy madaniyat” mahsulotlari yoshlardan chuqur fikr-mulohaza yuritishni talab etmaydi, aksincha, ularni har xil hayot tashvishi va muammolaridan “xalos” etadi, o‘qishga, bilim olishga emas, balki bir marta beriladigan hayotda “yashab qolishga” chaqiradi.
Ommaviy madaniyatning shiddat bilan rivojlanishida tijorat qoidalari ham kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Har qanday zamon va makonda barcha narsalardan foyda ko‘rishga tayyor dastyorlar topilishi uzoqni ko‘zlab zimdan ish ko‘ruvchi ommaviy madaniyatchilarning mushkulini oson qiladi, ishini jadallashtiradi. Bunday mol-dunyoga sig‘inuvchi dastyorlar faqat bugunni, yana ham aniqrog‘i hozirni ko‘radi va tan oladi.
Shuning uchun, o‘sib kelayotgan avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, asl madaniyat durdonalariga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda ommaviy madaniyatga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchi g‘oyalar va axborotlarga nisbatan g‘oyaviy immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Shaxnoza Alimova,
Termiz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tibor va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartiradi

Jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, ayniqsa, e’tibor va ko‘makka muhtoj...

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi direktori,...

TerDUda Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etilmoqda

Termiz davlat universitetida talabalar uchun yangi imkoniyat — Harbiy...

Tojikistonda o‘zbekzabon aholi uchun yangi maktablar quriladi

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi o‘zbekzabon aholining ona tilida...
KunTun
KunTun