Qulaylik yaratilmoqda

Date:

Ta’lim tizimida yuqori samaradorlikka erishish uchun eng avvalo, yetarli shart-sharoit va muhit yaratish lozim. Bu borada Surxondaryo viloyatida maktablarda yangi va qo‘shimcha o‘quv binolari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Bu esa o‘quv o‘rinlari sonining oshishiga hamda uzoq yillar ta’mirtalab maktablarning zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlanishiga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, hali rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va yangidan qurilishi zarur bo‘lgan ta’lim muassasalari ham mavjud. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi davomida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 51-maktab rekonstruksiyasi va yangidan qurilgan 240 o‘rinli qo‘shimcha binosini jihozlash, Qumqo‘rg‘on tumanidagi 33-maktab binosi va sport zalini ta’mirlash hamda Sho‘rchi tumanida 480 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv bino barpo etilayotgan 41-maktabdagi ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, o‘rganish davomida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi. Viloyat rahbari maktablarni qurish va rekonstruksiya ishlarini sifatli va jadal amalga oshirish, ta’lim muassasalariga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash va infratuzilmani yaxshilash vazifalarini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

HOSIL MO‘L BO‘LSIN DESANGIZ…

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda o‘tin va ko‘mir kulining...

Ijara tizimida moliyaviy rag‘bat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni...

Taraqqiyot va adolat poydevori

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida bosh mezon bitta: xalq manfaatlari...

Qutlug‘ ayyom 10 kun davom etadi

Surxondaryo zaminida bahorning ilk nafasi sezilishi bilan ko‘ngillarda o‘zgacha...
KunTun
KunTun