Tomorqa va ijara yerlaridan unumli foydalanilsa…

Date:

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yerdan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hattoki, tomorqasida ekin ekmaganlar soliqni 3 barobar ko‘p to‘lashlari tag zamirida ham odamlarni mehnatga, tadbirli ishlarga boshlash maqsadi mujassam.

Angor tumanida Prezidentimiz tomonidan belgilangan yangi tizim doirasida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida ishlar amalga oshirilmoqda. Targ‘ibot tadbirlarini olib borish maqsadida “Yuqori Tallimaron” mahallasida seminar o‘tkazildi.

Mahallada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtish, xususan, tomorqadan samarali foydalanib kelayotgan aholi xonadonlari tajriba sifatida o‘rganildi. Seminar doirasida ishtirokchilar mahallada “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish, shuningdek, bu tajribani barcha mahallalalarda joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun