Biotexnik tadbirlar barqarorlikni saqlaydi

Date:

Ob-havo injiqliklarini ko‘rsatib, bahor kunlarida borliqni oppoq qor qopladi. Izg‘irin sovuqda issiqqina uylarimiz jonimizga ora kirgani rost. Ammo biz issiqdan rohatlanayotgan bir paytda ochiqlikdagi tiriklikning ahvoli ne kechdi ekan.
Ana shunday sharoitda “Surxon” davlat qo‘riqxonasi, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i va “Bobotog‘” milliy tabiat bog‘i hududida qishki sharoitda yovvoyi hayvonlarni himoya qilish va ularning nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida biotexnik tadbirlar amalga oshirilayotgani esa ayni o‘y qiynayotgan insonlarning ko‘ngliga taskin bo‘lishi aniq.
Tadbirlar doirasida ushbu hududlarda hayvonlar ko‘p uchraydigan joylarga xashak, yem va oziq moddalar qo‘yib chiqildi. Bu chora-tadbirlar hayvonlarning oziq tanqisligi sababli zaiflashishining oldini olish, ularning tabiiy yashash muhitini qo‘llab-quvvatlash hamda ekotizim barqarorligini saqlab qolish maqsadida olib borilmoqda.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda qish mavsumida hayvonlar uchun oziq topish qiyinlashgani sababli, bunday tadbirlar ularning soni va tur tarkibini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mutaxassislar tomonidan ushbu hududlarda monitoring olib borilib, ehtiyojga qarab qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Mazkur biotexnik tadbirlar tabiiy ekotizimni muhofaza qilish va yovvoyi hayvonlarning hayotiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, ularning barqaror populyatsiyasini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun