Limon qalamchalari ekildi

Date:

Bahor boshlanishi bilan atrofni obodonlashtirishga, gul-u rayhonlar, daraxt ko‘chatlari ekishga, ekilganlarining ostini yumshatib, bandini oqlashga tushib ketamiz. Denov tumanida ham ayni sa’y-harakatlar qizg‘in tus oldi. Tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida limon ko‘chatlarini yetishtirish uchun 1 millionta limon qalamchalari ekildi.
Shuningdek, mahallalarda, bo‘sh turgan yer maydonlarida, qabriston va qadamjolarda xurmo va boshqa turdagi mevali hamda manzarali ko‘chatlarni ekish bo‘yicha ish tashkil qilindi. Mazkur loyiha asosida tuman hokimi hamda sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari mahallalarda daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlarida ishtirok etishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun