Maksimal balni jamg‘ardi

Date:

14 yoshida o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan Termiz tumanidagi 16-AFCHO‘Mning 11-sinf o‘quvchisi Javohir Rustamov yuksak cho‘qqini zabt etdi. U fanlarni mukammal o‘zlashtirib, kimyo, biologiya, tarix, matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi va maksimal 189 balni jamg‘ardi.
Oiladagi ibratli tarbiya, ustozlarining ko‘magi va albatta, tinimsiz harakat Javohirning yutuqlari kalitidir. Uyqusiz tunlar, bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq qahramonimizning shifokor bo‘lishga kuchli istagidan ekan. Endilikda tibbiyot yo‘nalishida istalgan oliygoh talabasi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan Javohir Rustamov Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olmoqchi. O‘rta ma’lumotli ota-ona orzusi ham Javohir orqali o‘z ro‘yobini topdi desak yanglishmaymiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun