Ta’lim sifati o‘rganildi

Date:

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni saqlash va boyitish masalalariga ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Shu sababdan partiyaning saylovoldi dasturida bolalar musiqasi va san’atini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Abdulhakim Eshboev, Go‘zal Samiyeva, Xalq deputatlari viloyat hamda Termiz shahar Kengashlari deputatlari va partiya xodimlari, viloyat Madaniyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Termiz shahar 2-sonli Musiqa va san’at maktabidagi ta’lim sifati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida maktabda zamonaviy cholg‘ular yetarli emasligi, raqamli texnologiyalar, ya’ni ovoz yozish va tahrirlash vositalari, raqamli cholg‘ular yo‘qligi aniqlandi. Zamonaviy cholg‘u va elektron vositalar xarid qilish esa moliyaviy jihatlarga borib taqalishi ochiqlandi. Deputatlar ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda maktab mas’ullari sohani rivojlantirishga oid qator takliflarni bildirishdi.
Deputatlar keying manzilda Termiz shahridagi 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, ta’lim sifati hamda to‘garaklar faoliyatini nazorat-tahlil tartibida o‘rgandilar.
Jarayonda mutaxassis va mas’ullar xonalarning akustik talablarga javob berishi, bino yangi bo‘lganligi sabab ham barcha cholg‘u asboblari mavjudligi va zarur sharoitlar yaratilganligini ta’kidlashdi. Deputatlar xonalarni ko‘zdan kechirib, o‘qituvchilardan soha rivojiga oid zarur takliflarni ham olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun