Yangi tashabbusga start berildi

Date:

Yaratilayotgan shart-sharoitlar, o‘zgarishlar, yangilanishlar aholi turmushini yaxshilash, hayotini farovonlashtirishga xizmat qilayotir. Shu sababdan ham istiqomat qilayotgan shahrimiz yoki tumanimiz qisqa fursatlarda katta-katta o‘zgarishlarga yuz tutib, yangidan yangi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun vohamizda qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar bilan tanishish maqsadida tashrifini Termiz shahridan boshladi. Dastlab, “Tinchlik” mahallasi hududida joylashgan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJga qarashli “Shimoliy darvoza” suv ishlab chiqarish inshootiga tashrif buyurilib, hududda Termiz davlat universiteti tomonidan tashkil etilayotgan quyosh panellari stansiyasi loyihasi bilan tanishildi.
Shuningdek, suv ishlab chiqarish inshooti faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash qamrovi va barqarorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, “Navbog‘” ko‘chasini 24/7 rejimda ishlovchi turizm ko‘chasiga aylantirish loyihasining birinchi bosqichiga start berildi. Sohaning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari hamda turizm obyektlarini zamonaviy loyihalar asosida barpo etish, ko‘chani barcha zarur sharoitlarga ega manzilga aylantirish lozimligi ta’kidlandi.
Keyingi manzilda yangidan qurilib foydalanishga topshirilgan “IT park” binosida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Mutasaddilar yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida yetuk mutaxassislar qilib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, dasturiy ta’minotlar yaratish hamda eksportini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berdi.
Viloyat rahbari “Surxon sohili” mahallasida joylashgan eski bozor o‘rnida qurilish mollari savdosiga ixtisoslashgan savdo majmuasi qurish hamda hududdagi 2 gektar maydonda sanoat zonasini tashkil etish loyiha takliflari bilan tanishdi. Mutasaddilarga loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish hamda sotuvchi va xaridorlar uchun zarur sharoitlarni yaratish vazifalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Burchga sadoqat bilan…

Mamlakatimizda qonun ustuvorligi va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi davlat...

Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar...

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...
KunTun
KunTun