Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Date:

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda voha ahli ekin-tikin ishlari uchun tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilgani Yangi O‘zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo‘ldi.
Muzrabot tumanidagi belgilangan hududlar va tashkilot muassasalarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt nihollarini o‘tqazish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ko‘paytirib, agrotexnik talab asosida parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, tumandagi Nurli hayot mahallasining “Obodon” ko‘chasi hamda “Hazrati Ovg‘on ota qabristoni”ga mahalla raisi Sayqon Saidov boshchiligida mahalla faollari, fuqarolari, nuroniylar tomonidan 1000 tupga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib borildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun