Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Date:

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet” jarayonini o‘tkazish bo‘yicha amaldagi tartibga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Qarorga ko‘ra, “Tashabbusli byudjet” doirasida ijtimoiy loyihalarga ko‘proq e’tibor qaratish hamda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni moliyalashtirish maqsadida moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarining “Tashabbusli byudjet” jarayonlaridagi ishtiroki cheklandi.
Shuningdek, barcha turdagi avtomobillar, rahbar xodimlar uchun mebel jihozlari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari va boshqalar)ni xarid qilish taqiqlanishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun