Muddati uzaytiriladi

Date:

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi. Bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan hujjatda mahalla raislariga oid normalar keltirilgan boʻlib, ulardan biri fuqarolar yigʻini raisi vakolatlari muddatini uch yildan besh yilga oʻzgartirishdir.
Shuningdek, qonun loyihasida yana fuqarolar yigʻini raisi vakolatlari muddatidan ilgari tugatilsa, boʻshab qolgan oʻrinlarga yangi saylov oʻtkazish orqali fuqarolar yigʻini raisini besh yil muddatga saylash kabi muhim jihatlar belgilandi. Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mahalla raislari faoliyatini hamda mazkur lavozim uchun saylov jarayonini tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar ishini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun