O‘zbek rejissorining hujjatli filmi Berlin kinofestivalida…

Date:

Rejissor Sabina Bakayeva 2025-yilning 13−23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan 75-Berlin xalqaro kinofestivalida “Oydin” hujjatli filmi bilan debyut qiladi. Film Berlinale Forum Special boʻlimida namoyish etiladi.
Hujjatli film syujeti ona va qizning vaqt kontekstida ayol shaxsiyatining shakllanishi va o‘ziga bo‘lgan munosabati, shuningdek, aqidalar, an’analar va shaxsiy tajribaning unga ta’siri haqidagi samimiy suhbatiga asoslanadi. “Oydin” filmining qahramonlari rejissorning o‘zi va uning 66 yoshli onasi bo‘lib, u son-sanoqsiz taqiqlar zanjirini sindirishga va o‘z hayotini shaxsiy qarashlariga muvofiq qurishga erishgan.
— Men filmni o‘zim uchungina suratga oldim. O‘z terapiyam uchun, chunki aks holda onam bilan o‘zi haqida gaplasha olmasdim, — deydi Sabina Bakayeva.
Bu Berlinale dasturiga kiritilgan O‘zbekistonning uchinchi filmidir. Unda avvalroq Saodat Ismoilovaning “40 kunlik sukunat” va Yusuf Roziqovning “Notiq” filmlari namoyish etilgan edi. Berlindagi premyeradan so‘ng “Oydin” Toshkentdagi shaxsiy namoyishda koʻrsatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun