Loyiha ikkinchi bosqichda…

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifi doirasida Qiziriq tumanida bo‘lib, “Istara” savdo kompleksi hududida “Global grand” MCHJ tomonidan kollektorlarni zamonaviy tipda yopgan holda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tashkil etish loyihasining ikkinchi bosqichi bilan tanishdi.
Mazkur loyihaning birinchi bosqichi doirasida 16 ta savdo nuqtasi ishga tushirilgan bo‘lib, ularda qurilish materiallari ishlab chiqarish, mebel va eshik-deraza romlari tayyorlash, temirchilik ustaxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, ushbu MCHJ va boshqa tashabbuskorlarning yo‘lbo‘yi hududlarida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, tuman markazida turar joylar qurish loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi. Viloyat rahbari loyihalar yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berib, mutasaddilarga istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun tashabbuskorlarga ko‘mak ko‘rsatish vazifasini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun