Mutolaaga chorladi

Date:

Oxirgi o‘qigan asaringiz haqida so‘rashsa, qandaydir kitob o‘qiyotgan inson burro-burro javob berishi aniq. Ammo kitob o‘qimaslar sarosimaga tushib qolishadi. Kitobxonlarni esa to‘xtatish qiyin, ularning fikrlari, taassurot va xulosalari sizni ham mutolaaga undaydi. Kitobxonlik yuqumli va yuqqanda ham yoqimli kasallikka o‘xshaydi.
Denov tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan “Zukko kitobxonlar” klubi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek asarlari yuzasidan “Mening sevimli asarim” mavzuvsida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ham kitobxonlari to‘xtatish qiyin bo‘ldi. Suhbatda axborot-kutubxona markazi mutaxassislari adib hayoti va ijodi haqida batafsil gapirib o‘tdi.
So‘ng kitobxonlar adibning asarlari yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi. Bu kabi tadbirlarning o‘tkazilishidan maqsad, yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish orqali jamiyatda g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan sog‘lom kamol topishida beqiyos ahamiyatga egadir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...

Madhiyam — faxrim

Davlat madhiyasi — xalqimizning g‘ururi, Vatanimizning sha’ni va istiqlol...

Mashg‘ulotlar ko‘lami kengaydi

Aholining xavfsizligini ta’minlash va favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish...
KunTun
KunTun