Bog‘chalarda davomat avtomatlashtiriladi

Date:

Vazirlar Mahkamasining 18-dekabrdagi qarori bilan maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.
Davlat MTTlarida xodimlar ish haqini, oziq-ovqat xarajatlari, ota-onalarga aliment bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlarni biometrik identifikatsiya texnologiyasidan foydalangan holda avtomatik hisoblash joriy etiladi.
Bo‘sh ish o‘rinlarini hisobga olish, bolalarni navbatga qo‘yish va MTTga joylashtirish uchun yo‘llanmalarni shakllantirish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining «Bolalar bog‘chasi» maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida amalga oshiriladi.
2025-yil 1-fevraldan Toshkent shahrida sinov tariqasida, 2025-yil 1-iyuldan esa barcha davlat MTTlarida «Bolalar bog‘chasi» axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomati, ish vaqti, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini hisobga olish joriy etiladi.
«Bolalar bog‘chasi» axborot tizimiga xizmat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishni «UZINFOCOM» MCHJ tizim operatori amalga oshiradi, bunda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ota-onalar badalining 2 foizi yo‘naltiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab xodimlar va bolalarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali nazoratga olishni yo‘lga qo‘yish uchun bolalar bog‘chalarini planshetlar va boshqa uskunalar bilan ta’minlash uchun davlat budjetidan kamida 50 milliard so‘m ajratadi.
2025-yil 1-iyuldan fiskal belgili kassa cheki berilmasdan ota-onalar to‘lovlarini qabul qilish taqiqlanadi. Ota-onalar to‘lovlarining tushumi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlarining axborot tizimiga avtomatik tarzda uzatiladi va qonun hujjatlariga muvofiq daromad solig‘idan ozod qilishni qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun