“Qo‘rqmang, “1259” bor…”

Date:

Erini o‘ldirgan ayol, xotinini do‘pposlagan er, bolasini hayvonot bog‘ida ayiqqa yem qilmoqchi bo‘lgan ona, onasini urgan qiz… ehhe, bu kabi voqealarni aytsak, oxiri ko‘rinmaydi. Bu xabarlardan diydamiz qotib, etimiz jimirlamaydigan, er-xotin urushini, padarkushlik va qotillarni oddiy holdek qabul qiladigan bo‘lib qolganimiz ayanchli. Yana bir jihati borki, biz tomosha qilganimiz bo‘lib o‘tgan, urushlar sovib, bo‘ladigani bo‘lib bo‘lgan “sahnalar”. Qolaversa, bu bilganimiz, bilmaganlarimiz, yeng ichida qolib, jonimizni ozorlayotgani qancha… Ana shunday adolatsizlik, kamsitish, azob-uqubat-u kaltaklardan ozorlanayotgan qotin-qizlar, norasidalar qancha… Bunday holatlarda chiqish yo‘l, azoblarga chek qo‘yish yo‘li bormikan? Ular dodini kimga aytsaki, bari yakun topsa…
Toptalgan huquq va zo‘ravonliklardan himoya qilish maqsadida IIVda 24 soat ishlaydigan call-markazning tashkil etilgani, balki munosib yechim bo‘la olar. Buning uchun “1259” qisqa raqamlarini terish kifoya. Xuddi xorij kinolarida qiyin vaziyatga tushib qolgan qahramonlarga yordamga shoshgan soha xodimlari kabi…
IIV murojaatlarni tinglaydi, tekshiradi va fuqarolarning huquqlari tiklashga yordam beradi. Hatto, profilaktika inspektorlari ham shikoyatlarini IIVga qisqa raqamlar orqali bayon qilishi mumkin.


S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun