Kiber madaniyatni yuksaltiramiz

Date:

Bugun kiber hujumga uchramaslikning choralari ko‘rilmoqda. Yurtimiz, xususan vohamiz bo‘ylab keng targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilib, aholining kiber madaniyati oshirishga erishilmoqda. Uzun tumanida ham “Kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi — Cyber month Surxandarya” doirasida ushbu jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.


Ushbu targ‘ibot tadbirida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari, tumandagi davlat tashkiloti va idorlari, huquqtartibot organlari rahbarlari va xodimlari, “mahalla yettiligi” faollari hamda fuqarolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida, hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilishi va har xil aldovlarga ishonmasliklari tushuntirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Uzun tumanining "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa...

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...
KunTun
KunTun