Vazir va hokim o‘qituvchilar bilan uchrashdi

Date:

Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar hamda faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda maktabgacha va maktab ta’limini isloh qilish, sohada zamonaviy, samarador pedagogik texnologiyalarni, eng ilg‘or o‘qitish usullarini joriy etish yo‘lida salmoqli natijalarga erishilayotganligi qayd etildi. Bugungi kunda viloyatimizdagi 978 ta maktabda 57 ming nafar pedagog-o‘qituvchilar yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayotgani, ular orasida chinakam fidoyi, jonkuyar, izlanuvchan kasb egalarining safi kengayib borayotganligi ta’kidlandi.
Tadbirda ana shunday samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchilarimizga “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, faol o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar, ularning ota-onalari tashakkurnomalar va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, Surxondaryoda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktablarni zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlashdagi say-harakatlari uchun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Muloqot davomida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish borasida ilg‘or o‘qitiuvchilar va faxriylarning fikrlari hamda takliflari tinglandi. Mutasaddilar va ta’lim maskanlari rahbarlariga yangi 2024/2025 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Issiqxona va chorvachilik — mahallada daromadni oshirish imkoniyati

Muzrabot tumanidagi Yurtim jamoli mahallasida fuqaro Zoir Hayitaliyev issiqxona...

O‘zbekiston kubogidagi yorqin natija

An’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston kubogida Sariosiyo tumani “Kelajak” markazi...

Xurmo eksporti: sifat va tashqi bozor talablari muhim

Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov eksportga tayyorlanayotgan xurmo mahsulotlarini...

Denovda 150 ta ish o‘rni yaratiladi

Denov tumanida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun yangi...
KunTun
KunTun