“Dolzarb 30 kun” davom etmoqda

Date:

O‘zbekiston Respublikasi hududida yoz mavsumida ob-havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida yong‘inlar bilan bog‘liq vaziyatlar ko‘plab uchraydi. Buni inobatga olgan holda hukumat komissiyasi tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra yurtimizda joriy yilning 1-iyulidan 1-avgust kuniga qadar “Dolzarb 30 kun” tadbiri joriy qilindi.
Ushbu normativ hujjatlarga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli buyrug‘i va hokimliklar tomonidan farmoyishlar ishlab chiqildi. “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida Muzrabot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkorlikdagi xizmat xodimlari profilaktik tadbirlarni o‘tkazish oldi yo‘riqnomadan o‘tkazildi. Shundan so‘ng, tumanning “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uy-joy va xonadonlarida mas’ullar tomonidan fuqarolarning yashash uylarining yong‘in xavfsizligi holati ko‘zdan kechirilib, ularga tushuntirish ishlari olib borildi.
Shundan so‘ng, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilish choralari ko‘rildi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, qo‘shimcha yo‘riqnoma berildi. Shu bilan bir qatorda tadbirkorlik subyektlarida ham tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi. Obyekt rahbarlariga yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi.
“Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida boshqa jabhalarda ham profilaktika ishlari davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun