“Ibrat farzandlari” ibrat ko‘rsatdi

Date:

Til bilishga qiziquvchi yoshlarning safi tobora kengayib bormoqda. Qay tilni o‘rganish esa har bir yoshning o‘z tanlovidir. Termiz shahrida til o‘rgatish bo‘yicha katta tajribaga ega repititorlik markazlari ham talaygina. Ammo hammaning ham oyma-oy ma’lum miqdordagi summani to‘lashga imkoniyati yo‘q. Yoshlar markazida esa “Ibrat farzandlari” loyihasi tashabbusi bilan bepul til o‘rgatish kurslari ham tashkil etilganki, bu kurslar ta’tilda til o‘rganuvchilarning vaqtini foydali va maroqli o‘tkazishga xizmat qilmoqda.
Guljahon Xo‘jamurodova til o‘rganish istagida bo‘lgan barcha yoshlarga ingliz tilidan bepul darslar o‘tib kelmoqda. Til o‘rganishga ishtiyoqi baland yoshlarning safi ortayotganidan kelib chiqib, yangi guruh tashkil etildi va darslar boshlab yuborildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun