Yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, sanoat va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, yo‘lga qo‘yilayotgan yangi loyihalar hamda istiqbolli tashabbuslar taqdimotlari bilan tanishdi.
Birinchi manzilida “Doktor-Maxmud med” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilayotgan xususiy klinikada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlari bilan tanishildi. Qiymati 3 milliard so‘m bo‘lgan klinika 10 ming qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, ishga tushgach, 18 ta ish o‘rni yaratiladi. Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda mavjud muammolarni tinglab, zamonaviy tibbiy jihozlar xaridi uchun kredit ajratish hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yukladi.
Shundan so‘ng, “Janub meva sabzavot eksport” MChJning qiymati 80 milliard so‘mlik yuk tashish texnika xizmatini tashkil etish loyihasi faoliyati bilan tanishildi. Korxonada 100 ta ish o‘rni yaratilgan va yiliga 54 milliard so‘mlik yuk tashish texnikalari xizmati ko‘rsatib kelinayotir. Shuningdek, shu yerning o‘zida tadbirkorning 9 milliard so‘mlik uch yulduzli mehmonxona tashkil etish niyatida. Mehmonxona loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, “Surxonsement invest”, “Petromaruz Uzbekistan” MChJlar faoliyati bilan tanishildi. Yakunda viloyat rahbari “Bunyodkor fidokor quruvchi servis” MChJning isitish kotyollari, MDF eshik romlari va yumshoq mebellar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Mutasaddilarga keyingi hafta quruvchilar va soha mas’ullari bilan o‘tkaziladigan seminarda tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning taqdimotini tashkil etish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblarin ortda qoldirib…

Ayni kunlarda “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda....

Yangi qo‘mita tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan...

Arab tili bo‘yicha imtiyoz bekor qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom...

66-maktabning sport zali xizmatga shay

Denov tumanidagi ushbu maktabning sport zali yangidan qurilib, foydalanishga...
KunTun
KunTun