Halollik standarti joriy etiladimi?

Date:

Korrupsiya har doim to‘xtaladigan va sarlavhasini ko‘rgandayoq ensa qotadigan mavzuga aylangan. Qaniydi, korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotgan ba’zi rahbar va xodimlar — “uddaburon” kimsalar ham birovni aldab, tovlamachilik qilishga kelganda ensa qotirishsa, vijdonlari qiynalsa… undan ko‘ra, otni qamchilashga, qizg‘ir ishining qiyig‘i chiqmasligiga harakat qilishadi. Bu haqda kimdir xabar bersa bormi, o‘sha shaxsni himoya qilishga to‘g‘ri kelishi aniq. Shu jihatlarni hisobga olgan holda «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qonundan ko‘zlangan maqsad – korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, halollik standartini joriy qilish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikdir. Qolaversa, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida jamiyat manfaatlarini ko‘zlab xabar bergan shaxslarni himoya qilish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish va ularni himoya qilish bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar beruvchilarning xavfsizligi DXX, IIV, Milliy gvardiya va ularning hududiy organlari tomonidan ta’minlanadi. Shuningdek, jurnalistik tekshiruvni o‘tkazish jarayonida aniqlangan korrupsiya holatlari haqida xabar bergan OAV vakillari ham ushbu qonunda belgilangan himoya choralaridan foydalanishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun