Sho‘rchida oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi

Date:

Vohamizdagi hech bir tuman Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning e’tiboridan chetda emas. Haftalik ish rejasiga muvofiq barcha hududlarni, u yerlardagi barcha soha va tizimlarni o‘rganib chiqishga, har qanday masalaga munosib yechim topishga urinadi. Asosiysi xalq roziligiga, ularning farovon turmush kechirishiga erishish maqsadi mujassam. Ayni rejaga asosan, viloyat rahbarining navbatdagi manzili Sho‘rchi tumani bo‘ldi. Tumanda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.
Birinchi navbatda, “Elbayon” mahallasida joylashgan, hududdagi 4 ta mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi 89-sonli oilaviy poliklinikaning “Yorug‘lik” filiali uchun yangidan qurilgan bino foydalanishga topshirildi. Zamonaviy tipda qurilgan, zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan tibbiyot maskani shu kunning o‘ziyoq 20 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Aholiga tibbiy xizmat sifati va tezkorligini ta’minlash maqsadida tibbiyot maskaniga 10 ta elektroskuter, 10 ta planshet hamda “Elektron poliklinika” tizimini joriy etish uchun kompyuter jamlanmalari, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar ham topshirildi. Viloyat rahbari patronaj hamshiralar bilan suhbatlashib, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish, kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun