Hokim otalar bilan uchrashdi

Date:

— Farzandimning taqdiriga befarq emasman. Shuning uchun uning ta’lim-tarbiyasi, qiziqishlari, kun davomida nima ishlar bilan bandligi men uchun muhim. Shu sababdan ham “Otalar yig‘ilishi”, “Otalar qabul kunlari”ni qoldirmayman va ustozlarning har bir tavsiya va maslahatini farzandim hayotiga chin qoida qilishga harakat qilaman, — deydi fuqaro K.Ruziyev.
Albatta, har bir ota ana shunday fikrda bo‘lsa, kelajak avlod taqdiridan qayg‘urmasak ham bo‘ladi. Otaning farzand tarbiyasidagi, hayotidagi o‘rni muhimligi inobatga olingan holda “Surxondaryo tajribasi” sifatida “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabul kunlari” yo‘lga qo‘yilganining sababi ham shunda.
Viloyat bolalarining taqdirini o‘ylagan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 12-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishish barobarida maktabda otalar bilan o‘tkazilayotgan kitob targ‘iboti tadbirida ham ishtirok etdi. Tadbirda otalar va nuroniylar hamda o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.


Suhbat davomida yosh avlodning ta’lim va tarbiyasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Farzandlarni ilm o‘rganishga qiziqtirish, ta’limga jalb qilishda “maktab-mahalla-oila” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilab olindi. Shuningdek, maktabning iste’dodli va iqtidorli o‘quvchilar bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Ularning erishgan natijalari e’tirof etilib, o‘quvchi va o‘qituvchilar taqdirlandi.
Maktabda tashkil etilgan yana bir tadbir, o‘quvchilar va ularning otalari ishtirokidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlari bilan ham tanishildi. Tadbirda ishtirok etayotgan ayrim otalar shu vaqtga qadar farzandlarining ta’limiga bee’tibor bo‘lib kelishganligini, “Otalar yig‘ilishi” va “Otalar qabuli kunlari” o‘tkazilishi sabab endilikda ta’lim jarayonlarining ichiga kirib, farzandining ilm o‘rganishiga katta e’tibor qaratishayotganini ta’kidlashdi hamda maktabda yaratilgan sharoitlar uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Viloyat rahbari ushbu ta’lim maskani misolida shaharning barcha maktablarida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Savdo-iqtisodiy aloqalar yanada mustahkamlandi

"Termiz" xalqaro markazi bugun dunyo ishbilarmonlarini bir nuqtada jamlab,...

Toʻyga toʻyona boʻldi

Viloyatimiz boʻylab Navroʻz umumxalq bayrami shukuhi kezib yuribdi. Sariosiyoliklar...

Sariosiyoda Navroʻz shukuhi…

Bugun viloyatimizning Sariosiyo va Qiziriq tumanlari qatorida Qumqo‘rg‘onda ham...

“Behbudiyni yod etib”

O‘zbekiston tarixida g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgan bir davrda...
KunTun
KunTun