Morxo‘r makoniga qaytarildi

Date:

Morxoʻr, ya’ni burama shoxli echki bugungi kunda yo‘qolib borayotgan kamyob jonivorlar turiga mansub. Shuning uchun ham tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti Qizil kitobiga kiritilgan. Uni ovlash qat’iyan taqiqlanadi.
Afsuski, amaldagi qonunchilikka qaramay, morxo‘rlarni go‘shti va terisi uchun ovlashadi. Surxon davlat qo‘riqxonasiga tegishli kengliklarida ayni shunday burama shoxli echki bolasi ovlandi yoki o‘g‘irlab keltildimi, xullas g‘oyib bo‘ldi.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Surxon davlat qo‘riqxonasi bilan uyushtirilgan reyd tadbirlarida yuk mashinasi to‘xtatilib, tekshirilganda morxo‘r bolasi topildi va o‘z makoniga qaytarildi.
Aybdorlarga beriladigan jarima zora tabiat va hayvonot olamiga zarar yetkazmasliklari uchun yetarli saboq bo‘lsa…

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tomorqadan daromad, tikuvchilikdan bandlik

Angor tumanining "Bahor" mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini...

Taekvondochilarimiz xalqaro musobaqada sovrindor

Namangan shahrida Taekwondo WT bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Uzbekistan Open 2026”...

Ustozlar ichra a’lo

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” respublika tanlovida Boysun...

Bolalar xavfsizligi axborot makonidagi mas’uliyatdan boshlanadi

Bugun bolalarni zararli axborotdan himoya qilish faqat ota-onalar yoki...
KunTun
KunTun