Kitob o‘qishning o‘zi saodat

Date:

Kitob – buyuk kashfiyot, ulug‘ ne’mat! To‘g‘ri, u faqat sichqonlar uchun mazali emas… Bugungidek zamonda “o‘qi” degan xitob-u tashviqotning o‘zi johillik. Kitob ila kitobning farqini kitobxon biladi. Ammo, shunday kitoblar borki, ularning eng katta foydasi — pista yo nosvoy o‘rab sotish. Aks holda zararini tasavvur qilavering.
“Kitobning davri o‘tgan”mush. Bekorlarni aytishibdi. Ekranlarga mixlangan nigohlarni javonlarda kuzatayotgan kitoblar ko‘rib turibdi. Ular aytsin haqiqatni. Bekorga, beizga yashayotgan umrlar kitob saodat topish uchun o‘qilmasligini bilsaydi. Axir, kitob o‘qishning o‘zi saodat.
Aslida o‘qiganini o‘rgatadigan o‘qituvchi emas, o‘qishni o‘rgatadigan asl o‘qituvchidir. O‘qimaydiganlar, o‘qishni istamaydiganlar bilishsa edi, ming chiranmasin gap-so‘zlaridan asli haqiqatlar fosh bo‘lib qolayotganini.
Ayni shu haqiqatlarni anglagan Uzun tuman IIB xodimlari bu oyni “Ma’naviyat oyligi” deya nomlashdi. Tuman kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Kutubxona — ikkinchi uyim” shiori ostida uchrashuv tashkil etishdi.
Qanday yaxshi, mutolaaga ishtiyoqmandlar uchun javonlardagi kitoblar qandaydir issiq ko‘rinib ketdi shekilli, ularni varaqlashga, satrlarga oshno bo‘lib, mutolaaga kirishib ketdilar. Ko‘zlangan maqsad ham shu edi aslida. Vatanga sharaf ila xizmat qilayotgan har bir bahodirning haqiqiy do‘s-u yori kitob bo‘lmog‘i lozim.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun