Bronza o‘zimizda qoldi

Date:

Ko‘pchilik sportda muhimi g‘oliblik emas, ishtirok deyishadi. To‘g‘ri, bu mag‘lublarning o‘zlariga beradigan taskini deyishingiz mumkin. Ammo, har bir ishtirok ishtirokchi uchun o‘rganish, saboq maktabi bo‘ladi. Nimalarga e’tibor berish, kuchni qanday taqsimlash-u qanday jang qilish sirlarini anglash, o‘z-o‘zini taftish qilish fursatini beradi. Hatto, g‘olib ham g‘oliblik nashidasini sura turib, keyingi safar qanday qanday tayyorgarlik ko‘rish uchun xulosalar chiqaradi. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan toekwondo boʻyicha Oʻzbekiston chempionati ham g‘olibu mag‘lubga ana shunday mahorat maktabi vazifasini o‘tadi.
Unda amaldagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medal sohibi boʻlgan uzunlik Muzaffar Muhammadiyev kattalar oʻrtasida muvaffaqiyatli qatnashib, finalda 2:1 hisobda imkoniyatni boy bergan boʻlsa-da, 3-oʻrin uchun bahsda bo‘sh kelmadi. Bu bilan u joriy yilning aprel oyida boʻladigan Qozogʻistondagi toekwondo boʻyicha xalqaro turnirga yoʻllanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun