TISUda “Reading challenge”

Date:

Til o‘rganuvchilar og‘zaki nutqini rivojlantirish uchun albatta, doimiy ravishda muloqotda bo‘lishi lozim. Ana shundagina, erkin so‘zlab, o‘z hayajonini yo‘qota oladi. Bunda do‘stlar davrasi, tanish-bilishlarning yordami katta. Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Reading challenge” o‘tkazildi.
Ushbu “chellenge”da yoshlarning faolligi talab etildi. Bu ularning o‘qish savodxonligini oshirib, til bilishning IELTS, CEFR, TESOL, CELTA kabi xalqaro sertifikatlashtirish tizimlari bilan tanishtirish va xalqaro darajadagi sertifikat olishga qiziqtira oldi. Albatta, tadbirda talaba-yoshlarning e’tibori kuchayib, faol ishtirok etdilar. Bu faollik tadbir so‘nggida munosib rag‘batlantirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun