“Gold agro fresh”da ish qizg‘in

Date:

Zamonning zaylidan aylanay, ilgari meva sabzavotlarni iste’mol qilishimiz uchun yoz mavsumini intizorlik bilan kutar edik. Momomning gaplari hamon yodimda. Yoshligimda yozning mevalaridan to‘yib-to‘yib yenglar, organizmni vitaminlardan tuyintirsalaring, qishda kasal bo‘lmaysizlar. Kelgusi faslgacha xohlasang ham yozning mevasini qishda bozordan ham topolmaysizlar derdilar. Bugungi kunda esa xohlagan paytimizda bozordan barcha meva-sabzavotlarni xarid qilishimiz mumkin. Biror mevani xarid qilganimizda xuddi hozir uzib olib, bozorga chiqarilgandek oson tuyulishi mumkin, biroq uning o‘ziga yarasha mashaqqati borligini ko‘zimiz bilan ko‘rmagunimizcha tasavvur qilolmaymiz. Jumladan, viloyatimizning Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan “Gold agro fresh” MCHJ korxonasini misol qilishimiz mumkin. Unga asosan pomidor, bodring, brokkoli karam va turli xildagi ko‘katlar yetishtirilib, mahsulotlar Rossiya davlatiga eksport qilinadi.
Hozirgi kunda korxonada 100 dan ortiq doimiy, 300 ga yaqin mavsumiy ishchilar ish bilan band qilingan. Ular uchun issiq ovqat hamda uzoqdan qatnaydigan ishchilarning kelib ketishlari uchun avtobus va yo‘l kira puli berilib, shuningdek barcha qulay sharoit yaratilgan. Bunday imkoniyatdan esa aholi mamnunligi yuz-ko‘zidan isbotini ko‘rishimiz mumkin.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida ichki va tashqi bozorga 10 milliard soʻmdan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksport qilingan.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun