Mo‘l hosil olish uchun…

Date:

Bu yilgi paxta hosilidan soha mehnatkashlarining umidi katta. Mo‘l hosil olib, rejani birinchilardan bo‘lib bajarishni maqsad qilishgan. Buning uchun esa hozirdan harakatni boshlab, mehnat qilish talab etiladi. Shu maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz tumani “Surxon Namuna” hududida 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish mavsumi oldidan soha mutasaddilari, hududlar rahbarlari, “Zoom” platformasi orqali tumanlardagi klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.


Seminarda chigit ekish mavsumini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan o‘tkazish, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, uni xatosiz, sog‘lom va erta undirib olish, g‘o‘za parvarishi hamda turli zararkunandalardan himoya qilish bilan bog‘liq tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Viloyat rahbari Termiz tumanida tashkil etilgan “Suvchilar maktabi” faoliyati bilan ham tanishdi. Xitoy davlatiga tashrif davomida suvdan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan loyihalar doirasida tajriba uchastkalarini tanlab olish, vohaning iqlim va tuproq sharoitlarini chuqur o‘rgangan holda suv tejovchi texnologiyalarning samaradorligini o‘rganish, shu asosda loyihani ommalashtirish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun