Mukofot muborak

Date:

Bahor nafosat, go’zallik va ziynatlanish bayrami sifatida har bir inson uchun qadrli, ayniqsa, xotin-qizlarimiz uchun ushbu ayyom yangilanish va yasharish, shuningdek, go’zalliklarga limmo-lim fasl sifatida ham qadrdon. Qolaversa, ayni mart oyining boshlanishida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti o’z egalariga topshiriladigan palla. Zulfiyachi bo’lish esa 30 yoshga to’lmagan har bir qiz uchun orzu va oldiga qo’yilgan maqsadlardan biri sanalishi barchamizga ma’lum. San’at, adabiyot, ilm, sport va mahoratda tengsiz qizlar beixtiyor ko’rsatgan natijalari, erishgan muvaffaqiyatlari bilan bellashadigan ushbu mukofotni olgan kishida g’ururga to’ladi, kelajagiga zamin hozirlaydi.
Kuni kecha 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bir guruh iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ular orasida ikki nafar surxondaryoliklar ham borligi vohamizning faxri. Bu yilgi Zulfiya izdoshlari — Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetining o’zbek adabiyoti ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranti Sadoqat Ergashova hamda Ro’zi Choriyev nomidagi viloyat ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o’quvchisi Shamsiqamar Suyunovalardir.
Biri-biridan iste’dodli, tom ma’noda Zulfiyaxonim izdoshiga aylanishga munosib ushbu orasta qizlarimizning yutuqlari nafaqat o’zi, balki oilasi, ta’lim olgan maskani, qolaversa, tug’ilib o’sgan voha uchun ham quvonchli voqea bo’ldi, desak adashmagan bo’lamiz.
Sovrindorlik diplomlari va ko’krak nishonlari 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida o’tkaziladigan bayram tantanalarida o’z egalariga topshirilishi belgilangan.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun