Prezidentimiz tashabbusi bilan hududlarni o‘zaro tajriba almashish asosida rivojlantirish va aholi turmush sharoitlarini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan Taxiatosh tumanida voha tajribasi asosida infratuzilmani yaxshilashga e’tibor qaratilmoqda.
Termiz tumani hokimi Shuhrat Qalandarov mas’ullar bilan Taxiatosh tumanining Nurli kelajak mahallasida bo‘lib, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Ayni paytda 50 ta turar joy fasadini yaxshilash, 1 kilometr piyodalar yo‘lagini qurish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tuman rahbari mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, har bir vazifani manzilli tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Mazkur ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hududni obod qilish va aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

