Pensiyani samarali rejalashtirish mumkinmi?

Date:

Pensiyani rejalashtirish – bu muntazam ko‘rib chiqishni talab qiladigan hamda fuqarolar o‘zlariga qulay va moliyaviy barqaror keksalikni ta’minlash uchun imkon qadar erta harakatni boshlash kerak bo‘lgan jarayondir. Yoshlikda kuch-quvvatimiz borida ishlab, keksayganda beminnat o‘z nafaqamizni oyoq uzatib sarflashga nima yetsin. Biroq, nafaqa yoshiga yetgan-u, ammo nafaqaga chiqish uchun ish staji yetmaganida hujjat yig‘ish bilan ovora bo‘lib yurgan yurtdoshlarimiz uchrab turadi.
Ish stajini talab qilingan darajada yetishmasligi, oylik maosh miqdorlarining kamligi va hokazolar bilan izohlanadi. Pensiyani rejalashtirish moliyaviy rejalashtirishning asosiy jihati hisoblanadi. Bu fuqarolarga nafaqat keksalikda moliyaviy yordam beradi, balki kelajakka ishonch bag‘ishlaydi. Xo‘sh, pensiyani qanday samarali rejalashtirish mumkin? Bunda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Birinchidan, fuqarolar doimiy ish stajiga ega bo‘lish uchun rasmiy daromad keltiradigan korxona, tashkilot yoki muassasalarida mehnat shartnomasiga asosan faoliyat yuritishi kerak.
Ikkinchidan, norasmiy ravishda mehnat faoliyati yuritayotgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan holda muntazam ravishda ijtimoiy soliqlarni to‘lash orqali ish stajiga ega bo‘lib borishi lozim.
Uchinchidan, pensiya qonunchiligiga oid ma’lumotlar bilan muntazam ravishda tanishib borish, kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalardan xabardor bo‘lib borishi lozim.
To‘rtinchidan, rasmiy ravishda olayotgan ish haqiga e’tibor qaratishi va bunda, pensiya yoshiga yetgunga qadar oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyatidagi oylik ish haqlaridan pensiya hisoblanishini inobatga olishi shart.
Beshinchidan, raqamlashtirish davrida yashayotganligimizni hisobga olib, fuqarolar o‘z ish beruvchilaridan o‘zlarining ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni talab qilishlari, mehnat faoliyati yuritmayotgan fuqarolar esa Bandlik bo‘limlariga mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlarini raqamlashtirishni so‘rab murojaat qilishlari lozim. Bunda, o‘zlarining ma’lumotlarini ONE-ID orqali ko‘rishlari mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida fuqarolar o‘z mehnat faoliyatlarini olib borgan taqdirlarida pensiya yoshiga yetganda ularning qilgan mehnatlari evaziga davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanish kafolatlanadi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun