“Yoshlar daftari” yoshlarga imkon berib…

Date:

Inson o‘z oldiga maqsad qo‘yishi, oldinga intilishi uchun unga motivatsiya beradigan, kuch bag‘ishlaydigan ishi, kasbu kori bo‘lishi kerak. Aks holda tushkunlikka tushishi, o‘zini hech bir ish qo‘lidan kelmaydiganday, jamiyatga, oilasiga keraksizday his etishi hech gap emas. Bunday kayfiyat sog‘lom jamiyat qurishga asos bo‘lmaydi. Ishsizlikka chek qo‘yib, yoshlarga imkon berish maqsadida “Yoshlar daftari” tizimi asosida kerakli ko‘mak berilayotir. Natijada yoshlar hayotda o‘z yo‘lini topib, doimiy daromad manbayiga ega bo‘layotir.
Oltinsoylik Faxriddin Toshmatov ham 24 yoshida “Yoshlar daftari” orqali roʻyxatdan oʻtkazilib, “Yoshlar daftari jamgʻarmasi” orqali subsidiya asosida motokultivatorga ega bo‘ldi. Qarabsizki, kechagina ishsizman deb yurgan yigitning bugun qo‘li-qo‘liga tegmaydi. Hali u, hali bu mahalladan chaqirishib, xizmatiga ehtiyoj sezishmoqda. Oyiga 3-4 million soʻm daromad topayotgan Faxriddinning xursandchiligining cheki yo‘q. O‘zi va oilasini ta’minlayotganidan, kelgusida katta-katta rejalar tuzishga qanot bag‘ishlagan tizimdan, mas’ullardan minnatdor.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“O‘ZBEKISTON POCHTASI”  SURXONDARYODA SAYYOR QABUL O‘TKAZADI

2026-yil 28-sentyabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Kasaba uyushmalari...

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...
KunTun
KunTun