Tayyorgarlik avjida…

Date:

Tayyorgarlik avjida…
Bahor Boysundan boshlanadi. Tog‘lar bag‘ridagi toshlarni-da yorib chiqqan nozikkina boychechak ham birinchi bor Boysunda yuz ochadi, dunyo bilan yuzlashadi. Yashillik, bahor ifori ham Boysun tomonlardan boshlanib, butun dunyoga tarqalayotgandek. Tog‘lar oppoq libosini yechib, yashillikka burkanadi. Qaldirg‘ochlar, qushlar chug‘uri ko‘ngilga bahoriy kayfiyat ulashgandek bo‘ladi.
Ha, bahor Boysundan boshlanadi va har yili an’anaviy tarzda ochiq osmon ostida Boysun kengliklarida Boysun bahori xalqaro festivaliga ulanib ketadi. Nafaqat vohamiz, respublikamizning barcha hududlaridan, balki qo‘shni qardosh va xorijiy davlatlardan ham mehmonlar festival bahona Boysunda mehmon bo‘lishadi. Shunday ekan, festivalga puxta hozirlik ko‘rish lozim. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, tuman markazidagi 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Hozirda tuman markazidagi yo‘llarda piyodalar uchun qulayliklar yaratilayotgan bo‘lsa, tumanning markaziy ko‘chasida 3 kilometr avtomobil yo‘li asfatlanayotir. Suv yo‘li ariqlari va mavjud savdo do‘konlarini ta’mirlash, shuningdek, avtoturargoh qurilishi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tuman markazi va unga yondosh 10 ta mahalladagi 24,4 km asosiy avtomobil yo‘llarida asfaltobeton qoplamasi yotqizish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekistonda hujayra terapiyasining yangi bosqichi

O‘zbekistonda hujayra texnologiyalari va zamonaviy davolash usullarini rivojlantirishga qaratilgan...

“O‘ZBEKISTON POCHTASI”  SURXONDARYODA SAYYOR QABUL O‘TKAZADI

2026-yil 28-sentyabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Kasaba uyushmalari...

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...
KunTun
KunTun