Voha ligasida g‘olib

Date:

Insonni kuldirish ham mahorat. Kulish esa sog‘lik uchun foydali, umrni uzaytiradi, kayfiyatni ko‘taradi. “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanloviga ishtirok etishni ko‘ngliga tukkan yosh borki, atrofdagilarning kayfiyatini ko‘tarishni, kuldirishni maqsad qilgan. Yengil kulgu qo‘zg‘aydigan hazil-huzullar bilan sahnaga chiqqan yoshlar faqat kuldirishni maqsad qilmaydi, balki jamiayatdagi og‘riqlarni, muammo va kamchiliklarni fosh qiladi. Yoshlar anglagan haqiqatlar ziyraklik bilan olib chiqadiki, tomoshabinninbg lol qolmasligining iloji yo‘q.


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi assotsiatsiyasi hamkorligida bo‘lib o‘tgan “Voha ligasi”da ham ana shunday iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Har bir jamoaning chiqishi e’tiborga molik. Tanlangan mavzu, sahna chiqishlari tomoshabin e’tiborini torta oladi. Muhimi, zerikishga o‘rin yo‘q. shiddatli bellashuvlarga boy o‘tgan tanlovda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining “Megapolis” jamoasi g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Oldingi sahifa4+1 doirasida…
Keyingi sahifaHar chorchanba…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun