Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov tashabbusi bilan respublikada faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi bo‘lib, 4+1 dasturida ta’lim berish tizimiga o‘tildi. Unda 4-bosqich talabalari to‘rtinchi kunini nazariy bilimini auditoriyasini mustahkamlab, bir kunini ishlab chiqarish amaliyotini rivojlantiradi.
Ming marotaba eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi deganlaridek, Arxitektura va qurilish fakulteti bino-inshootlar yo‘nalishining 4-kurs talabalari uchun tashkil etilgan ishlab chiqarish amaliyoti dastlab, viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan “Surxon Sanoat Qurilish Kompaniyasi” tomonidan bunyod etilayotgan Yangi O‘zbekiston massivida bo‘lib, qurilish ishlari jarayonida poydevor qo‘yish, qancha armatura ketadi, sementning zichligi, g‘ishtning qalinligiyu, kafel yopishtirish bilan tanishilgan bo‘lsa, navbatdagi amaliyot universitetda 700 o‘ringa mo‘ljallangan 9 qavatli yotoqxonaning qurilish jarayoni bilan bevosita tanishib, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini hosil qilishdi. Talabalar amaliyot jarayonida bitiruv malakaviy ishini ham o‘rganayotgan bilimlari asosida yozishga kirishgan. Ushbu dasturning amaliy ahamiyati esa anashu joyda ko‘rinadi. Bo‘lajak arxitektor mutaxassislar olgan bilimini amaliyot bilan uyg‘un holda olib borsin. Ish jarayonlarini puxta o‘rgansin qurilish va arxitektura sohasida yetuk va salohiyatli kadr bo‘lib yetishsin va yangi o‘zbekiston bunyod etishda ishbilarmon va xalq ishongan quruvchilarga aylansin degan maqsad 4+1 dasturining sifati va samarasiga poydevor.
Bitiruvchi talabalar o‘zlarining orzu-havasini allaqachon o‘ylab qo‘ygan. Ular kelajakda ko‘ngilochar binolar, turistlar uchun mehmonxonalar hamda ko‘p qavatli uylar qurishni o‘z oldilariga maqsad qilishgan. Jarayonda binoning 1-qavati sport zal, oshxona, 2-qavatida esa to‘garakxonalari hamda binoning 3-qavati yotoqxona tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
Talabalar o‘qish bilan bir qatorda sport va o‘zlarining qiziqtirgan soha bo‘yicha xorijiy tillarni o‘rganishga ham ega bo‘lishadi. Ushbu dastur orqali ko‘zlangan maqsadga erishilsa jamiyatga yetuk salohiyatli ishiga puxta,pishiq kadrlar kirib keladi.
Dinara Qo‘zimurotova