Har chorchanba…

Date:

Har kim qonunlarni, o‘z huquq va majburiyatlarni bilishi lozim. Ana shundagina huquqiy maslahatga o‘rin qolmaydi yoki huquqlar poymol bo‘lmaydi, hech bir fuqaro bu jihatdan aziyat chekmaydi. Keng jamoatchilikning huquqiy savodxonligini oshirish, kerakli bilim va ko‘nikma, maslahatlarni berish maqsadida esa viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya bo‘limlari tomonidan haftaning har chorshanba kuni “Huquqiy axborot kuni” loyihasi doirasida targʻibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday targ‘ibot tadbirlaridan biri Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali talabalari oʻrtasida tashkil etildi. Tadbirda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, viktorina va testlar oʻtkazilib, gʻolib boʻlganlarga boshqarma tomonidan esdalik sovgʻalar tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...

Chegarachilar maktabda

Termiz tumanidagi 18-maktab o‘quvchilari uchun harbiy xizmatning mas’uliyati va...

Jangovar shaylikdan tafakkurgacha…

Surxondaryodagi DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida shaxsiy...

Olis mahallalarda ham yo‘llar ravon

Sariosiyo tumanining olis tog‘li Daragiston va Bog‘i Samarqand mahallalarida...
KunTun
KunTun