Bolajonlar uchun…

Date:

Saraton tashxisi insonni dahshatga soladi. Bu xabarning o‘zi inson ruhiyatiga qaqshatqich zarba bo‘lsa, boshqa tomondan bu dardga bolalarning chalinishi butun bir oilaning og‘rig‘iga aylanadi. 2001-yildan buyon 15-fevral butun dunyoda Xalqaro bolalar saraton kasalligiga qarshi kurash kuni deya begilangan. Kurashish uchun birinchi qadam va yordam esa xayriyadir.
Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot, onkologiya sohasidagi faol tadqiqotlarga qaramay, bolalarda saraton kasalliklari uchrab kelmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi jamoasi ham murg‘ak bemor qalblarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Men donorman” aksiyasini tashkil qildi. Unda uyushmaning viloyat bo‘limi jamoasi, viloyatdagi jurnalistlar, “Barqaror hayot” xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi xodimlari faol ishtirok etishdi. Viloyat qon quyish stansiyasida jamlangan ishtirokchilar bolajonlar uchun donor sifatida qon topshirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...

Harbiylar bilimi sinovdan o‘tdi

DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida kitobxonlik...
KunTun
KunTun