Denovda “Erudit-kvartet” turniri bo‘lib o‘tdi

Date:

“Zakovat” o‘yinlarida ishtirok etib yoki qiziqib tomosha qiladigan yoshlar “Erudit-kvartet” nima ekanini yaxshi biladi. Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosida “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan viloyatimizdagi o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Intellektual olimpiada” musobaqasi doirasida “Erudit-kvartet” turniri o‘tkazildi.
Turnirda viloyatimizning shimoliy tumanlaridan 30 ta jamoa ishtirok etdi. Bahslar esa qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Belgilangan muddatlarda o‘quvchilarning tezkorlik va ziyraklik bilan berilgan savollarga javob berishlariga to‘g‘ri keldi. Topqir jamoalarning his-hayajonini-da kuzatish zavqli bo‘ldi. Bahs yakunida 1-o‘rin – Denov tumanining 2-IMI jamoasiga nasib etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyadan ixtiroga qadar

Bolalarning texnologiyaga qiziqishini erta yoshdan rivojlantirish, ularni zamonaviy kasblarga...

Termiz jamoasi uch karra sovrindor

Qozon (Volga bo‘yi) federal universitetida xirurgiya yo‘nalishida tashkil etilgan...

Ramazondan kumush natija

Qozog‘istonning Aktau shahrida o‘tkazilayotgan “Aktau Asian Open 2026” xalqaro...

Yosh polvonlar chempionatda porladi

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasidagi...
KunTun
KunTun